Bu sayt mijozlarga maxsulot turlarini ko'rsatish maqsadidagi katalog do'kon. Bu yerdagi ma'lumotlar real do'konlardagi malumotlarni kafolatlamayi. Bekor qilish
SIFAT VA INNOVATSIYA
Faoliyatimiz bozorida korxonamiz Yevropaning yetakchi kompaniyalarining eksklyuziv distribyutori xisoblanadi. Bu doimiy yangilanish va hamkorlarimizning soʼnggi tadqiqotlari, maxsulot ustidagi ishlanmalari va tinimsiz rivojlanishiga moslashishni anglatadi. Shuning uchun, korxonamiz mutaxassislarining har yillik oʼquv kurslardan va ishlab chiqaruvchilarimizning attestatsiyasidan oʼtishiga alohida ahamiyat beramiz. Bu xarakatlarimiz xizmat turlarimizning samarasini va sifatini ushlab turishga qaratilgan
Europe Trading - Oʼzbekiston bozorida 15 yil muddat ichida ishlab kelmoqda. Ushbu tajriba xizmatlarimiz har bir mijozimizni qoniqtira olishiga kafolat hisoblanadi. Raqobatchilardan bizning asosiy ustunligimiz - har qanday muammoni tezkor bartaraf qilish salohiyati, malakali xodimlar, zaruriy ehtiyot qismlar va vositalar bilan taʼminlanganimizda deya ishonch bilan ayta olamiz!
Sizning loyihalaringizning mukammallik darajasidan qatʼiy nazar, biz sizga professional xizmat va hamyonbop maxsulotlardan tortib, dunyo bo'ylab premium layoqatga ega oliy sifatni ham taklif eta olamiz
SANITARIA MAXSULOTLARI
ISITISH TIZIMLARI UCHUN ZARURIY XOM-ASHYOLAR
Europe Trading – eng yuqori sifatli 3 turdagi xizmatni taklif etadi:
O’ZBEKISTON XUDUDIDA EKSKLYUSIV DILLERLIK MAQOMIGA EGAMIZ
Yillik xisobot…
Kompaniyamiz Oʼzbekiston bozorida mavjudligi asnosida biz har yili muntazam ravishda texnik tadbirlar va maxsus oʼquv seminarlarini tashkil qilamiz. Unga xorijiy xamkorlarimizning vakillari, eksport boʼyicha mutaxassislar, ishlab chiqarish texnik muhandislari xamda Oʼzbekiston xududidagi barcha xamkorlarimiz va xaridorlarimiz tashrif buyurishadi. Ushbu tadbirlarda mijozlarimiz brendlarimizning rivojlanish bosqichlari, mahsulot turlari va afzalliklari, isitish tizimlari bozoridagi yangi tendentsiyalar bilan tanishadilar. Bundan tashqari, seminar davomida bozorni mavsumga tayyorlash va mijozlarni isitish tizimidagi yangi tendentsiyalarning xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida, yangi mahsulotlar namoyish qilinadi va qiziqarli master-klasslar oʼtkaziladi.
Ular orasida eng kutilgan sovrin esa, mavsum davomida savdo xajmini eng yuqori koʼrsatkichga yetkaza olgan xamkorlarimizni «Yevropaga sayohat» sertifikati bilan taqdirlash marosimidir.
UZB, Toshkent, Street Uzta Shirin, 136
info@eurotrading.uz
Dushanba – Shanba
+998977072748 +998977733565